1

Qashqadaryo hokimi aholi dardini bilish uchun qabul kunlarini qishloqlarda o`tkazmoqda

Jamiyat 10.03.2020, 14:41
Qashqadaryo hokimi aholi dardini bilish uchun qabul kunlarini qishloqlarda o`tkazmoqda

Viloyat hokimi Dehqonobod tumanining olis mahallalari - “Gumbuloq”, “Qoluvdor” va “Ingichka” hududi fuqarolarini 50ga yaqin muammo va takliflarini joyiga borib tingladi.

- Aytilgan muammolarni birortasi shaxsiy manfaat uchun emasligi quvonarli, - dedi viloyat hokimi. - Eng asosiy muammo - avtoyo`l masalasida ham kelishuvga erishdik. Qishloq oqsaqollari aytganidek, sel va yog`ingarchiliklarda nosoz holga kelgan yo`lni toshli va keng yo`lga aylantirish masalasi shu yilni o`zida oxiriga etkaziladi.

Qabul davomida 52 nafar yosh "Har bir yoshga 1 gektar" loyihasi doirasida erli bo`lgan bo`lsa, "Qoluvdor" MFY hududida xalq kutubxonasi ish boshladi.  

Ma`lumot o`rnida, endi viloyat hokimi aholi muammolarini o`rganish, holatni o`z ko`zi bilan ko`rish va joyida hal etish uchun maxsus avtobusda chekka qishloqlarga boradi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1