AsosiyJamiyat

Sardor Umurzoqov Bosh vazirning o`rinbosari bo`ladi

'Sardor Umurzoqov Bosh vazirning o`rinbosari bo`ladi'ning rasmi

Investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Bosh vazir o`rinbosari lavozimida ish boshlashi kutilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan Bosh vazirning investisiyalar va tashqi iqtisodiy munosabatlar masalalari bo`yicha o`rinbosari – Investisiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga Sardor Umurzoqov nomzodini ko`rib chiqildi va uni bu lavozimga tayinlash haqida qaror qabul qilindi.

Qaror O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborildi. Bu haqda deputat Rasul Kusherbaev xabar berdi.

Boshqa yangiliklar