1

Koronavirus asosan kimlarga yuqadi?

Salomatlik 10.03.2020, 18:05
Teglar: koronavirus, surunkali kasallik
Koronavirus asosan kimlarga yuqadi?

Kuzatuvlarga ko`ra, dunyo bo`yicha 19 yoshgacha bo`lganlar orasida yangi turdagi koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari aniqlanmagan. Infeksiya asosan keksa yoshdagi va surunkali kasalligi bor bemorlarga yuqadi. O`lim holatlari ham asosan keksa va turli kasalliklarga chalingan, organizmi zaiflashgan odamlarda qayd etilmoqda. 

Ushbu holatni sog`liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov organizmning himoya vositasi – immunitet mustahkamligi bilan izohladi. Shu bois, immunitetni kuchaytiruvchi oziq-ovqatlar iste`mol qilishni, dori preparatlarini (albatta, shifokor bilan maslahatlashgan holda) qabul qilishni tavsiya etdi. Ayniqsa, keksa yoshdagi va surunkali kasalliklar bilan og`rigan oila a`zolarimiz bo`lsa, ularni alohida parvarishlash kerakligini maslahat berdi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1