AsosiyJamiyat

Talaba: "Qachongacha "Boriga baraka" kabi ko`rsatuvlarda fon bo`lamiz"

'Talaba: "Qachongacha "Boriga baraka" kabi ko`rsatuvlarda fon bo`lamiz"'ning rasmi

“Bugun soat 20:00da Zo`r TVda “Boriga baraka” ko`rsatuvi bo`lib o`tadi. Shunga guruh talabalarining hammasi tomoshaga borishi shart”. Bunga o`xshash xabarlar ko`p qulog`imizga chalinadi. Ba`zida bu xabarlardan biroz ranjiymiz, chunki darsdan keyingi bo`sh vaqtimizga rejalashtirilgan ishlar bizni kutayotgan bo`ladi-da. Ammo…

Bu holat boshqa ta`lim muaassasalarida ham uchrab turadi. Biz-ku mayli, har holda kelajakda egallaydigan kasbimiz ham shuni taqozo qiladi. Lekin boshqa, bu sohaga umuman aloqasi va qiziqishi bo`lmagan ta`lim dargohlarida tahsil olayotgan talabalarning jalb qilinishi ba`zida norozichiliklarga sabab bo`lishi tabiiy. Bo`lyapti ham.

Tadbir, turli ko`rsatuvlar hamda shoularda ishtirok etish yaxshi. Bu talabalar hamda o`quvchilarning fikrlash doirasini o`stirishga, kun yangiliklari bilan tanishishga, odamlar bilan muomala qilishga o`rgatadi. Ammo yoshlarni o`zi qiziqmagan ko`rsatuv, shoularga olib borib, fon qilib qo`yish devorga gapirgan bilan barobar. Bunday yuzaki ish bilan ko`zlangan maqsadga erishish qiyin. Shu jumladan, hozirda shaxsiy telekanallarda efirga uzatilayotgan ko`rsatuvlarning ba`zilari umuman yoshlar tarbiyasiga to`g`ri kelmaydi. Ayniqsa, mana shunday ko`rsatuvlarga borish qimmatli vaqtni arzon narsalarga sarflash bilan barobardir.

Murodjon RAHMATOV, talaba

    Boshqa yangiliklar