AsosiyJamiyat

Sirdaryoda qoidabuzar haydovchi sabab avtohalokat bo`ldi. Yo`lovchi jarohatlandi

'Sirdaryoda qoidabuzar haydovchi sabab avtohalokat bo`ldi. Yo`lovchi jarohatlandi'ning rasmi

 10 mart kuni soat 21:00 larda M-34 “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yo`lining 103 km.da Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani hududida avtohalokat yuz berdi.

Haydovchi B.I. boshqaruvidagi “Kamaz-53212” da qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib kelayotgan haydovchi A.I. boshqaruvidagi “Neksiya-1”ni o`tib ketishini kutmasdan orqaga qayrilishi oqibatida to`qnashuv sodir bo`lgan.

 Natijada “Neksiya-1”dagi yo`lovchi Sh.K. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. 

 

    Boshqa yangiliklar