Elektr energiyasi va tabiiy gazdan maqsadli foydlalanish va to`lov intizomiga rioya qilinishini ta`minlash Majburiy ijro byurosining asosiy vazifalaridan biridir.
Joylarda tushuntirish targ`ibot ishlari olib borilishiga qaramasdan iste`molchilar orasida hamon huquqbuzarlik holatlari uchrab turibdi. Kuni kecha Majburiy ijro byurosining Denov tuman bo`limi tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to`lovlarning undirilishi yuzasidan turar va noturar joylarni inventarizasiyadan o`tkazish ishlari olib borilishi natijasida 1 kunda 5 nafar jismoniy va 2 nafar yuridik shaxslarlarning energiya resurslaridan o`z boshimchalik bilan noqonuniy foydalib kelayotganligi aniqlanib, ta`minotchi korxonalarga 12 million so`mga yaqin zarar etkazilgan.
Xususan, tumanning “Namuna” maxallasida yashovchi fuqaroning yashash xonadonida o`rnatilgan tabiiy gazni hisoblash priboridan tashqaritarmoqqa ulanib, ta`minotchi korxonaga bir million so`mga yaqin zarar keltirgan. Xuddi shuningdek, tumandagi savdo do`konlaridan birida elektr energiyasidan hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulanib, foydalanib kelayotganligi kelganligi aniqlangan. Mazkur huquqbuzarliklar uchun Byuroning tuman bo`limi tomonidan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, iste`molchilar tarmoqdan ajratilgan.
Aholi orasida iste`mol madaniyatini yuksaltirish va to`lov intizomini yanada mustahkamlash borasida Byuroning Surxondaryo viloyat boshqarmasi va hududiy bo`limlari tomonidan targ`ibot tadbirlari davom etmoqda.






