AsosiyDunyo

Eng g`aroyib va betakror kaktuslar

Ko`pchiligimizning kompyuterlarimiz oldida katta yoki kichik kaktuslar turadi. Olimlarning fikrlariga ko`ra, kaktus kompyuterdan chiqqan zararli nurlarni o`ziga oladi va insonniana shu zararli nurlardan himoyalaydi.

Aslida kaktuslar dunyoning ko`plab mamlakatlarida qadrlanadi. Gullaydigan turlari esa keng etishtiriladi. Dekorativ, foydali o`simlik bo`lish bilan birga ular dorivor o`simlik sifatida ham ishlatiladi. Ba`zilarining gullari kasalliklar uchun dori ishlab chiqarishda foydalaniladi.

Aslida kaktusning har qanday turini etishtirish, o`stirish qiyin. Ayniqsa agar bu gullaydigan kaktus turi bo`lsa. Eng avvalo kaktuslarning turi va nomlanishini bilish lozim. Chunki har bir tur alohida e`tiborni talab qiladi. Buning uchun kaktuslar haqidagi mahsus kitoblar, qo`llanmalarni xarid qilish mumkin.

Kaktus so`zi lotin tilida ko`p yillik o`simlik ma`nosini anglatadi. Aslida esa u qadimgi grek tilidan olingan bo`lib, κάκτος – noma`lum o`simlik ma`nosini anglatgan. Ular asosan 4 ta turga bo`linadi. Afsonalarda aytilishicha, ushbu o`simliklar bundan 30-40 million yil avval ham bo`lgan.

Kaktuslarning 50 000 dan ortiq turi bo`lib, ularning har biri turli yillar oralig`ida gulga kiradi. Biroq shuni unutmaslik lozimki, kaktuslar ichida gullamaydiganlari ham bor.

Kaktuslarni o`stirishda bir qancha qoidalarga amal qilish lozim bo`ladi. Ular uy  yoki xovlining turli joyiga ko`chirilgan vaqtda odatda so`lib yoki qurib qoladi. Chunki kaktuslar joydan joyga ko`chishni yoqtirmaydi. Shu sababli unga alohida muqim bir joy ajratganingiz ma`qul.

Gullash arafasida turgan kaktuslarni oftobga qaratib bo`lmaydi. Gullar so`lib, ochilmay qo`yadi.

Kaktuslarning tagiga doimiy ravishda suv quyish yaramaydi. U suvni “xush” ko`rmaydi. Agar tuvak ichida yoki er tarkibida suv ko`payib ketsa, kaktuslarda chirish jarayoni boshlanadi.

O`ta kam suv ichadigan kaktuslar ham yaxshi o`smaydi. Alohida aytish lozimki, odatda gullaydigan kaktuslarni parvarish qilayotgan insonlar kaktusning uzoq yillardan beri gullamayotganidan shikoyat qilishadi. Buning asosiy sababi yo xonaning o`ta issiqligidan yoki unga etarli darajada suv quyilmaganidandir.

Kaktuslar ham boshqa o`simliklar kabi zaxarlanishi, kasallanishi mumkin. Shu sababli aynan ular uchun mo`ljallangan o`g`itlardan foydalanish, mahsus tayyorlanadigan dorilar bilan ularni parvarishlash kerak bo`ladi.

Hovlida o`stiriladigan aksariyat kaktuslarni qishgacha tuvaklarga o`tkazish tavsiya etiladi. Ular qishning sovuq kunlarida nobud bo`ladi.

Gullaydigan kaktuslarning turi juda ham ko`p. Ular kaktusning ustki qismidagi rangi, bo`yi, gullarining isi, tuklari, ignalari, gullarining hajmi, gullarining rangi va shakli bilan farq qiladi.

Bugun e`tiboringizga gullovchi kaktuslarning turli suratlarini havola etamiz.

    Boshqa yangiliklar