1

14-15 mart kunlari yurtimizda umumxalq xayriya hashari o`tkaziladi

Jamiyat 11.03.2020, 19:27
Teglar: xashar, Navro`z
14-15 mart kunlari yurtimizda umumxalq xayriya hashari o`tkaziladi

Navro`z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko`rish, o`zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish maqsadida Hukumat farmoyishi qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali ma`lum qildi.

Farmoyishga asosan 2020 yil 14-15 mart kunlari mamlakatimizning barcha hududlarida “Obod yurt” umumxalq obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish  xayriya hashari o`tkaziladi.

Hashar munosabati bilan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlarning ixtiyoriy mablag`lari O`zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining bankdagi hisobvaraqlariga o`z tashabbuslariga ko`ra o`tkazilishi tavsiya etildi.

Xayriya hasharidan tushgan mablag`lar kam ta`minlangan, boquvchisini yo`qotgan oilalarga, ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalarga, nogironligi bo`lgan shaxslarga, yolg`iz qariyalarga, pensionerlarga moddiy va ma`naviy yordam ko`rsatish kabi tadbirlarga sarflanishi nazarda tutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1