1

11 mart: Koronavirus dunyoning 114 davlatida. O`zbekistondagi vaziyat ma`lum qilindi

Jamiyat 11.03.2020, 20:57
11 mart: Koronavirus  dunyoning 114 davlatida. O`zbekistondagi vaziyat ma`lum qilindi

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan olingan rasmiy ma`lumotlarga ko`ra 2020 yil 11 mart holatiga dunyoning 114 ta davlatida jami 119 096 nafar bemorlarda “COVID-19” koronavirus infeksiyasi aniqlangan, ulardan 65 765 nafari sog`aygan, 4284 nafari vafot etgan.

Kasallikning (bir sutkada) o`sishi: Xitoyda 31 nafar (0,04%), boshqa davlatlarda 4 805 nafarni (14.5 %) tashkil etmoqda.

2020 yil 15 yanvardan 11 martgacha bo`lgan davrda Xitoy Xalq Respublikasi va 29 fevral kunidan epidemik vaziyat noxush bo`lgan davlatlardan O`zbekiston Respublikasiga kelgan fuqarolar jami – 7 056 nafarni tashkil etib, 1 911 nafari salomatligi ustidan tibbiy kuzatuv davom etmoqda.

Sanitariya-karantin punktlaridan 11 mart kuni soat 16:00 gacha xalqaro aeroportlar orqali 20 ta reysda - 2 203 nafar, temir yo`llar orqali 3 ta poezdda – 460 nafar (62 nafari tranzit), qolgan chegara-bojxona postlaridan 876 ta avtotransport egalari va 17 403 nafar yo`lovchi shaxslar termometriyadan o`tkazilgan. Ulardan oxirgi 15 kun ichida koronavirus tarqalgan davlatlarda bo`lgan shaxslar 55 nafar, ular orasida isitma va yuqori nafas yo`llarining shamollash belgilari bo`lgan kishilar aniqlanmadi.

O`zbekiston Respublikasida 2020 yil 11 mart soat 18:00 holatiga ko`ra “COVID-19” koronavirus infeksiyasi qayd etilmadi.

Mamlakatimiz aholisi o`rtasida koronavirus infeksiyasi bo`yicha epidemiologik barqarorlikni ta`minlashga yo`naltirilgan barcha profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlar Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan xalqaro tibbiy sanitariya qoidalar talablari asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur tadbirlarda mutasaddi vazirliklar, idoralar va keng jamoatchilik faol ishtirok etmoqda.

Agarda sizda COVID-19 koronavirus infeksiyasi va u bilan bog`liq vaziyat yuzasidan qo`shimcha savol to`g`ilsa, O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining 71 276-49-66 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin, deyiladi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1