Sahnalashtiruvchi rejissyor: Shuhrat Abbosov, Nozim Abbosov.
Bosh rollarda: A`zamjon Shokirov, Shahlo Temirova, Akmal Nazarov, Munavvara Abdullaeva, Habibullo Nizomov, Otabek Mahkamov va boshqalar ijro etishgan.
Kecha, 27 mart kuni poytaxtimizning Alisher Navoiy nomli kinoteatrida rejissyor Shuhrat Abbosov suratga olgan “Dilor, Dilor, Dil va or”, (ishchi nomi “Er tafti”) filmining premerasi bo`lib o`tdi. Salkam o`n besh yildan so`ng kinoga qo`l urgan rejissyorning navbatdagi kinoasarini tomosha qilish maqsadida zal kinoixlosmandlar bilan to`ldi.
Preeraga O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Saida Rametova, hamda yozuvchi va ssenarist Erkin Hushvaqtov mehmon sifatida tashrif buyurdi. Film namoyish etilishidan avval rejissyor Shuhrat Abbosov so`zga chiqib, avvvaliga filmida ilk marotaba suratga tushgan — Habibullo Nizomov va A`zamjon Shokirovlarni alohida tanishtirib o`tdi. Shundan so`ng O`zbekiston Xalq artisti Xayrulla Sa`diev, O`zbekistonda Xizmat ko`rsatgan artist Madina Muxtorova va boshqalar so`zga chiqib, film mohiyatiga qisman to`xtalgan holda, bugungi ozod va mustaqil yurtimiz, unda erkin olayotgan har bir nafasimizga shukronalar aytishdi.
Muxlislar kinoijodkorlarni gullar bilan tabriklab bo`lgach, ekranda film namoyish etildi. Anchadan beri bunday jiddiy film namoyish etilmagani uchunmi, voqealar rivoji tomoshabin nigohini ohanrabodek jalb etdi. Tez orada film tahliliga to`xtalib o`tamiz.