“Oliy Darajali Do`stlik” ordenini ta`sis etish to`g`risida” Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan “Oliy Darajali Do`stlik” ordeni ta`sis etildi, orden to`g`risidagi nizom va ordenining tavsifi tasdiqlandi.
Nizomga ko`ra, orden bilan O`zbekiston oldidagi alohida e`tirof etilgan yuksak xizmatlari uchun:
- xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari;
- xorijiy mamlakatlar parlamentlari vakillari;
- xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari hamda ularga tenglashtirilgan boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillari;
- atoqli davlat va jamoat arboblari, ilm-fan, ta`lim va tarbiya, sog`liqni saqlash, ma`naviyat, madaniyat va sport sohalarining ko`zga ko`ringan ulkan namoyandalari, insonparvarlik ruhidagi ezgu ishlari bilan nom qozongan mesenatlar, biznes hamjamiyatining taniqli vakillari mukofotlanadi.
Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.