1

Namanganda uyushgan jinoiy guruhning “Foton” operasiyasiga chek qo`yildi

Jamiyat 12.03.2020, 09:24
Namanganda uyushgan jinoiy guruhning “Foton” operasiyasiga chek qo`yildi

Davlat bojxona qo`mitasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Namangan viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari aylanma yo`llar orqali yuk avtotransport vositalarini oldindan noqonuniy ravishda olib kirish bilan shug`ullanib kelgan uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo`yishdi.

Ma`lum bo`lishicha, jinoiy guruh a`zolari fuqarolar N.B., A.B., T.M., I.A. va A.Sh.lar Namangan viloyati Yangiqo`rg`on tumanidagi aylanma yo`l orqali Foton rusumli yuk avtotransport vositasini yurtimizga olib kirishadi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

So`ngra, jinoiy harakatlarni davom ettirishda shubha uyg`otmaslik uchun mazkur transport vositasiga O`zbekiston Respublikasida ro`yxatdan o`tgan boshqa transport vositasining davlat raqamini taqishadi. 

Bu ham etmaganidek, avtotransport vositasi yukxonasidagi shag`allar ostiga yashirgancha 2 dona yuqori kuchlanishli transformator va ehtiyot qismlari ham bojxona nazoratidan yashirincha olib kirilgani aniqlandi. 

Shundan so`ng jinoiy guruhning barcha qilmishlarini fosh etish maqsadida olib borilgan tezkor qidiruv va surishtiruv ishlaridan so`ng, xuddi shu zaylda muqaddam yana bir “Foton” yuk avtotransport vositasi olib  olib kirilgani ma`lum bo`ldi. 

Qarangki, Namangan shahrida saqlanayotgan mazkur transport vositasi shubha uyg`otmasligi uchun uning kabinasi “Maz” rusumli yuk mashinasining kabinasiga almashtirib qo`yilgan. 

Tezkor tadbirlar davomida olib qo`yilgan yuk mashinalari, transformatorlar va boshqa tovarlarning umumiy qiymati 910 million so`mni tashkil qilmoqda. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1