1

O`zbekistonda qurol ishlab chiqarishni lisenziyalash tartibi belgilandi

Jamiyat 12.03.2020, 10:00
O`zbekistonda qurol ishlab chiqarishni lisenziyalash tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o`q-dorilarini ishlab chiqarish, ta`mirlash va realizasiya qilish bo`yicha faoliyatni lisenziyalash tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. 

Nizomga muvofiq, fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o`q-dorilarini ishlab chiqarish, ta`mirlash va realizasiya qilish bo`yicha faoliyat faqat O`zbekiston hududida belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

Lisenziyalarni yoki ularga doir huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.

Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o`q-dorilarini ishlab chiqarish, ta`mirlash va realizasiya qilish faoliyatini lisenziyalash Milliy gvardiya tomonidan amalga oshiriladi.

Bu bo`yicha faoliyatni amalga oshirish uchun namunaviy (oddiy) lisenziyalar beriladi. Lisenziya talabgorining arizasiga binoan lisenziya lisenziyalanayotgan faoliyat turining butun faoliyat turiga yoki uning bir qismiga (qismlariga) berilishi mumkin.

Lisenziyalar amal qilishi cheklanmagan muddatga beriladi.

Lisenziyalovchi organ tomonidan lisenziya talabgorining arizasi ko`rib chiqilganligi uchun BHMning 4 baravari (892 ming so`m) miqdorida yig`im undiriladi.

Lisenziya berilganligi uchun BHMning 10 baravari (2 mln 230 ming so`m) miqdorida davlat boji undiriladi.

Lisenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat lisenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1