1

Ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar otaliqqa olinadi

Jamiyat 12.03.2020, 14:20
Ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar otaliqqa olinadi

“Ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” Hukumat qarori qilindi. 

Adliya vazirligining qayd etishicha, qarorga muvofiq, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning o`quv rejalari va dasturlari yangidan ishlab chiqiladi, ularda interaktiv tarzda chuqurlashtirib o`qitiladi.

Qaror bilan ushbu maktablarni otaliqqa olish va rivojlantirish uchun biriktiriladigan OTMlar, vazirlik va idoralar, hokimliklar ro`yxati tasdiqlandi hamda ularga vazifalar yuklandi.

Qarorga ko`ra, ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarda dars va fakultativ mashg`ulotlarni olib borishda ilg`or xorijiy mamlakatlarning e`tirof etilgan darsliklaridan foydalaniladi.

 2020 yil sentyabrdan boshlab:

•  mazkur maktablarning ma`muriy-boshqaruv, pedagogik, o`quv-yordamchi, texnik va xizmat ko`rsatuvchi xodimlari lavozim maoshiga 100 foiz miqdorida oylik ustama to`lanadi, shuningdek, ularni ish haqi fondi hisobiga 50 foizdan ko`p bo`lmagan miqdorda rag`batlantirish jamg`armasi tashkil etiladi;

•  ushbu maktablarda dars bergan OTMlar professor-o`qituvchilarining asosiy ish joyidagi lavozim maoshlariga 30 foiz miqdorida ustama haq to`lanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1