1

Prezident “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasidagi “Develop Textile” xorijiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Jamiyat 12.03.2020, 14:30
Prezident “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasidagi “Develop Textile” xorijiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi

O`zbekiston Prezidenti hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Xorazm viloyatiga jo`nab ketgan edi. Davlatimiz rahbari “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasidagi “Develop Textile” xorijiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi.  

Iqtisodiy zona  Prezidentning 2017 yil 12 yanvardagi farmoniga muvofiq tashkil qilingan. 

“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasida umumiy qiymati 306 million dollardan ziyod bo`lgan, jumladan, 266 million dollardan ortiq to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiyalar evaziga, umumiy hisobda 19 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Ularda sendvich panellar, yuvish vositalari, avtomobil radiatorlari, qurilish materiallari, trikotaj mahsulotlari, tibbiyot qo`lqoplari, poyabzallar va boshqa tovarlar ishlab chiqarilmoqda. 1100 dan ziyod kishi ish bilan ta`minlangan.

Mas`uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Develop Textile” xorijiy korxonasi erkin iqtisodiy zona hududidagi istiqbolli loyihalardan biri. Ushbu kompaniya 13 million dollarlik loyiha asosida joriy yil yanvarda ishga tushirildi. Germaniya, Turkiya, Xitoydan zamonaviy dastgohlar keltirib o`rnatildi. 760 ta ish o`rni yaratildi. 

Bu erda yiliga 4 ming tonna bo`yalgan tayyor choksiz trikotaj mato, 14 million dona turli xil tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Germaniya, Fransiya va Evropaning boshqa davlatlariga yiliga o`rtacha 12 million dollarlik eksport qilish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari mazkur korxonada bo`lib, ishlab chiqarish jarayoni va tikuvchilik mahsulotlarini ko`zdan kechirdi. Mutaxassis va tikuvchilar bilan suhbatlashdi.

Joriy yilda “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasida umumiy qiymati 26 million dollardan ziyod yana 4 ta korxona foydalanishga topshirilishi hamda 488 ta ish o`rni yaratilishi mo`ljallangan.

Shu erda Xorazm viloyatida amalga oshiriladigan investisiya loyihalari taqdimoti o`tkazildi. Davlatimiz rahbari ular yuzasidan ko`rsatmalar berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1