1

Deputat: bundan buyon partiya o`zi bilgancha ish qiladigan monopol korxonalarni o`z holiga tashlab qo`ymaydi

Jamiyat 12.03.2020, 14:48
Deputat: bundan buyon partiya o`zi bilgancha ish qiladigan monopol korxonalarni o`z holiga tashlab qo`ymaydi

Deputat Aktam Xaitov UzAuto Motorsʼning narxlarni xalq bilan maslahatlashmay oshirishlishidan partiya elektorati ham, O'zLiDeP deputatlari ham norozi ekanligini yozmoqda. 

Vaholanki, taraqqiyotimizning yangi davrida har bir tashkilot o`z qarorini xalq muhokamasiga qo`yishga o`rgandi. Hattoki, qonun loyihalari ham xalq «ekspertiza»sidan o`tkazilayotgani fikrimizga yaqqol dalil. UzAuto Motors esa ana shu yangi tendensiyani nazar-pisand qilmadi. Narxlarni o`zi bilganicha oshirdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalardan chetda qolib ketyapsizlar, deguvchilarga aytmoqchimiz: O'zLiDeP saylovoldi dasturida monopol korxonalarga qarshi kurashish ustuvor vazifa etib belgilangan. Partiyamiz barcha tadbirkorlik sub`ektlari uchun teng, halol, adolatli, tizim yaratish tarafdori. Ana shunday demokratik-liberal tamoyil odamlarni ham, tadbirkorlarni ham davlatdan rozi bo`lib yashashiga zamin yaratadi.

UzAuto Motors yaqin orada avtomobillarga o`rnatilgan yangi narxlar bo`yicha bayonot berdi. Ochig`ini aytsak, ular o`zini nima deb oqlashi, nega aynan «Damas», «Spark», «Nexia» kabi mashinalar narxlarida keskin o`zgarishlar bo`lganini bilish biz uchun ham qiziq edi.

UzAuto Motors qanday bayonot berganidan qat`i nazar, bir fikrda qat`iymiz: xalq va xalq vakillari – deputatlarni hurmat qilgan har qanday tashkilot narxni oshirmasdan oldin buni xalq muhokamasidan o`tkazishi lozim edi.

Xulosa o`rnida aytmoqchi bo`lgan fikrimiz quyidagicha: bundan buyon O'zLiDeP o`zi bilgancha ish qiladigan monopol korxonalarni o`z holiga tashlab qo`ymaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1