1

“O`zagrosug`urta” DASK (OAJ) tomonidan mamlakatimizda sug`urta xizmatlarini rivojlantirish borasida qator ijobiy ishlar amalga oshiri

Jamiyat 28.03.2015, 16:56
“O`zagrosug`urta” DASK (OAJ) tomonidan mamlakatimizda sug`urta xizmatlarini rivojlantirish borasida qator ijobiy ishlar amalga oshiri

O`zbekiston Respublikasi sug`urta bozorida sug`urta xizmatlarini rivojlantirish, borasida “O`zagrosug`urta” DASK (OAJ) tomonidan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan kompaniya tomonidan 2014 yil mobaynida sug`urta faoliyatini kengaytirish, majburiy sug`urta turlarini ommaviy tarzda tashkil etish, qishloq hududlarida yashovchi aholiga ko`rsatayotgan sug`urta xizmatlari sifatini va ko`lamini yaxshilash, Respublika sug`urta bozorida Kompaniya mavqeyini mustahkamlash, ishlariga alohida e`tibor qaratildi.

So`nggi yillarda joriy etilgan Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish va Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish qonunlari aynan aholini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan.

Kompaniya tomonidan 2014 yil davomida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish sug`urta turi bo`yicha 42 298 ta shartnoma tuzilgan bo`lib shartnomalar bo`yicha olingan javobgarlik hajmi qariyb 5 trillion so`mga etdi. Sug`urtaning ushbu turidan 160 dan ortiq da`vo arizalari ko`rib chiqildi va jabrlanuvchilarga va vafot etgan xodimlarning mehnatga qobiliyatsiz oila a`zolariga 3 mlrd so`mdan oshiq sug`urta tovoni to`landi. Bu o`z navbatida, ish beruvchilarning mulkiy manfaatlari himoyalanishiga va moliyaviy barqarorligiga o`zining ijobiy ta`sirini ko`rsatdi.

Sanjar Saidaxmedov  “O`zagrosug`urta” DASK (OAJ) Javobgarliklarni majburiy sug`urtalash bo`limi menejeri “UzReport” AA muxbiriga bergan intervyusida shunday dedi:

– Joriy yilda mazkur qonunni ijrosi ta`minlanishi yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat statistika qumitasi  tomonidan 17.12.2014y. ishlab chiqilgan “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunini ijrosini ta`minlash bo`yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasini amalga oshirilmoqda.

Jumladan: Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish sug`urta turi bo`yicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega bo`lgan sug`urta kompaniyalari o`rtasida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan o`zaro ma`lumotlar almashinuvi yo`lga qo`yish maqsadida yagona tizim ba`zasini yaratish;fermer xo`jaliklarida o`quv seminarlarini o`tkazish;

televidenie orqali reklama roliklarini namoyish etish;

2014 yil davomida “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urtasi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunini ijrosini ta`minlanishi yuzasidan bir qator ishlar olib borildi.

Jumladan mahalliy hokimliklar, yo`l harakati xavfsizligi, qishloq va mahalla fuqarolar yig`inlari bilan hamkorlik ishlarining tashkil etilishi natijasida 2014 yil davomida 737000 dan ortiq sug`urta shartnomalari tuzilgan bo`lib shartnomalar bo`yicha olingan javobgarlik hajmi qariyb  5 trillion so`mga etdi. Sug`urtaning ushbu turidan 1400 dan ortiq da`vo arizalari ko`rib chiqildi va jabrlanuvchilarga 2 mlrd 400 mln so`mdan oshiq sug`urta tovonlari to`lab berildi.

Majburiy sug`urta shartnomasi bo`yicha sug`urta mukofoti to`lashda sug`urta qildiruvchilarga ya`ni 1941—1945 yillardagi urush qatnashchilari mehnat fronti faxriylari, nogiron va nafaqaxo`rlarga sug`urta mukofoti summasining 50 foiz miqdorida jami 124 mln. so`mlik chegirmalar berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1