AsosiyJamiyat

Bugun Londonda “O`zbekiston. Samarqandga yo`l” kitobining taqdimoti bo`lib o`tadi

'Bugun Londonda “O`zbekiston. Samarqandga yo`l” kitobining taqdimoti bo`lib o`tadi'ning rasmi

Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o`rinbosari Saida Mirziyoeva o`zining telegramdagi sahifasi orqali bugun Londonda “O`zbekiston. Samarqandga yo`l” kitobining taqdimoti bo`lib o`tishi haqida xabar berdi. 

- Ushbu noyob nashr mamlakatimizning tarixiy va madaniy merosi boyliklarini ochib berishga mo`ljallangan. Biz Assouline Publishing fransuz nashriyoti bilan hamkorlikda uni yaratish hamda chop etish borasida katta ishni amalga oshirdik.

Kitob muallifi — nashriyot asoschisi Yaffa Assulin. Suratlar dunyoga mashhur fotorassom Laziz Xamaniyga tegishli. Aynan shu ijodkorlarning nigohi bilan mushtariylar yurtimiz go`zalligini, uning turfa xil tabiat manzaralari va o`lkamiz xalqlari madaniyatini kashf etadi.  

Mazkur kitobning har bir sahifasi nafisligi bilan Vatanimizga o`ziga xos taklifnoma vazifasini bajaradi. Nashrni 20 mamlakatda sotib olish mumkin.  

O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi  Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi shafeligida ushbu loyihani yaratish va uni amalga oshirishga hissasini qo`shgan barchaga o`z minnatdorligimizni bildiramiz.

    Boshqa yangiliklar