1

Prezident saylovlari: 29 mart soat 17.00 ga kelib saylovchilarning 85,2 foizi ovoz bergan

Jamiyat 30.03.2015, 12:12
Prezident saylovlari: 29 mart soat 17.00 ga kelib saylovchilarning 85,2 foizi ovoz bergan

Kecha, 29 mart kuni saylov uchastkalarida O`zbekiston Prezidentini saylash bo`yicha ovoz berish jarayoni bo`lib o`tdi. 29 mart soat 17.00 holati bo`yicha unda 17 million 728 mingdan ortiq fuqaro qatnashdi, bu ro`yxatga kiritilgan saylovchilar umumiy sonining 85,2 foizini tashkil etadi. Bu haqda Uzbekistan Today axborot ganetligi xabar beradi.

Ushbu raqamlar Prezident saylovlarini yoritish bo`yicha Respublika matbuot markazida xalqaro kuzatuvchilar, mahalliy va xorijiy OAV vakillari uchun tashkil etilgan navbatdagi brifing davomida ma`lum qilindi.

Markaziy saylov komissiyasining raisi M.Abdusalomovning so`zlariga ko`ra, O`zbekiston Respublikasining Yaponiya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur, Xitoy, Indoneziya, Tailand va Hindistondagi vakolatxonalari huzurida tashkil etilgan saylov uchastkalaridagi ovoz berish jarayoni yakunlangan. 

Mamlakatimizning Afg`oniston, Ozarbayjon, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Quvayt, Saudiya Arabistoni, Rossiya Federasiyasi, Ukraina, Misr, Gresiya, Latviya, Turkiya, Avstriya, Belgiya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Polsha, Fransiya, Shveysariya, Buyuk Britaniyadagi vakolatxonalari huzurida tashkil qilingan saylov uchastkalarida esa ovoz berish jarayoni davom etmoqda. Respublikaning Amerika Qo`shma Shtatlaridagi vakolatxonalari qoshida tashkil qilingan saylov uchastkalari ham ochilgan.

Ayni damda Markaziy saylov komissiyasiga saylov qonunchiligi buzilgani haqida biror-bir ma`lumot kelib tushmagan.

Shuningdek brifingda hududlardagi ovoz berish jarayoni bo`yicha ma`lumotlar ham e`lon qilindi. Masalan, Buxoroda bu paytga kelib ro`yxatga kiritilgan saylovchilarning 84,3 foizi, poytaxtda esa 85,9 foizi ovoz bergan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1