AsosiyDunyo

Qozog`iston koronavirusga qarshi maxsus choralarni ishga tushiryapti

'Qozog`iston koronavirusga qarshi maxsus choralarni ishga tushiryapti'ning rasmi

Ertaga, 13 martdan Qozog`istonda koronavirusga qarshi maxsus choralarni amalga oshirish boshlanadi. Mamlakatda ommaviy tadbirlar bekor qilindi. Bu haqda Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To`qaev o`zining Feysbuk tarmog`idagi sahifasida ma`lum qildi, deb yozadi dw.kom.

Xususan xavfli koronaviruv pandemiyasi ortga chekingungacha mamlakatda Navro`z hamda Ikkinchi jahon urushidagi g`alabaning 75 yilligiga bag`ishlangan tantanalarni ham ommaviy tartibda nishonlash taqiqlandi.

"JSST koronavirus pandemiyasini e`lon qildi. Hukumat maxsus choralarni amalga oshirishga kirishdi. Ommaviy tadbirlar bekor qilinadi. Fuqarolarni oziq-ovqat va birinchi darajali tovarlar bilan ta`minlashda uzilishlar bo`lmaydi. Kichik va o`rta biznesning zarar ko`rishiga yo`l qo`yib bo`lmaydi”, deb yozdi Q.To`qaev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

“Nur.kz”ning xabar berishicha, maktablarda ta`til 16 mart kuni boshlanib, 5 aprelgacha davom etishi belgilangan. Shu bilan birga, mamlakatdagi oliy ta`lim muassasalari ham onlayn-ta`lim tizimiga o`tadi.

Boshqa yangiliklar