1

O`zbekiston Eronga koronavirusga qarshi kurashish uchun yordam yubormoqda

Jamiyat 12.03.2020, 19:35
Teglar: koronavirus, yordam, Eron
O`zbekiston Eronga koronavirusga qarshi kurashish uchun yordam yubormoqda

Eron Islom Respublikasiga O`zbekiston tomonidan insonparvarlik yordamini yuborish to`g`risida Hukumat farmoyishi (140-f-son, 12.03.2020 y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanalida xabar qildi.

Farmoyishga ko`ra, Eron Islom Respublikasi hukumatining koronavirus kasalligi tarqalishini bartaraf etish uchun zarur buyum va vositalar bilan ta`minlashda yordam ko`rsatish yuzasidan murojaatini qo`llab-quvvatlash, ushbu infeksiyaga qarshi kurashish bo`yicha birgalikdagi sa`y-harakatlarni kuchaytirish maqsadida Eronga quyidagi tibbiy buyumlar shaklida insonparvarlik yordami yuboriladi:

— bir martalik steril tibbiy qo`lqoplar;
— himoya qiluvchi kombinezon;
— maxsus tibbiy forma;
— tibbiy niqoblar;
— tibbiy doka;
— tibbiy spirt;
— gigienik gel;
— «Rutan» tabletkalar.

Insonparvarlik yukini kuzatib borish va topshirish uchun Eronga favqulodda vaziyatlar vazirining o`rinbosari boshchiligida O`zbekiston delegasiyasi yuboriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1