1

Koreya Respublikasida ishlab qaytgan fuqarolar uchun muhim xabar

Jamiyat 12.03.2020, 19:49
Teglar: Koreya, ro`yxat, onlayn
Koreya Respublikasida ishlab qaytgan fuqarolar uchun muhim xabar

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi shartnoma asosida Koreya Respublikasida ishlab qaytgan fuqarolar diqqatiga muhim xabarni e`lon qildi:

Aksariyat fuqarolar tomonidan xorijga chiqish pasporti rasmiylashtirilmaganligini inobatga olib, 2020 yil 12-17 mart kunlari, maxsus test imtihoniga kirish uchun 24 AQSh dollari (Markaziy bankning rasmiy kursi bo`yicha so`mda) miqdorida to`lovni amalga oshirgan fuqarolar ONLAYN ro`yxatdan fuqarolik pasporti orqali ro`yxatdan o`tishlari mumkinligini ma`lum qilamiz (xorijga chiqish pasporti mavjud fuqarolar bundan mustasno).

Kelajakda koreys tili bo`yicha test imtihonlarida qatnashish istagi bo`lgan fuqarolardan xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish so`raladi.  

Maxsus test imtihonidan muvaffaqiyatli o`tgan, ammo xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirmagan fuqarolar tanlovlar bazasiga kiritilmasligini ma`lum qilamiz.

Maxsus test imtihoniga kirish uchun to`lovni amalga oshirmagan yoki onlayn ro`yxatdan o`rnatilgan tartibda o`tmagan fuqarolar maxsus test imtihoniga qo`yilmaydi!

Test imtihonidan muvaffaqiyatli o`tish Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni kafolatlamasligini eslatib o`tamiz!

Onlayn ro`yxatdan o`tish korea.migration.uz internet manzili orqali amalga oshiriladi.

Ro`yxatdan o`tish 17 mart kuni soat 24:00 da to`xtatiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1