1

O`zbekistonliklarni Koreya yubormoqchi bo`lgan yana bir xususiy bandlik agentligining lisenziyasi to`xtatildi

Jamiyat 13.03.2020, 10:00
O`zbekistonliklarni Koreya yubormoqchi bo`lgan yana bir xususiy bandlik agentligining lisenziyasi to`xtatildi

“Optimal job for you” xususiy bandlik agentligiga O`zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish faoliyati bilan shug`ullanish uchun berilgan lisenziyaning amal qilishi vaqtinchalik to`xtatildi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Keltirilishicha, “Optimal job for you xususiy bandlik agentligi” MChJ xodimlari fuqarolarni Koreyaga ishga jo`natishni va`da qilgan, biroq shartnoma shartlarini bajarmagan.

Shu munosabat bilan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi Qarori asosida tasdiqlangan «O`zbekiston Respbulikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo`yicha faoliyatini lisenziyalash tartibi to`g`risidagi Nizomining» 45-bandiga muvofiq, “Optimal job for you xususiy bandlik agentligii” MChJ lisenziyasining amal qilishini 10 ish kuni muddatiga to`xtatish to`g`risida qaror qabul qildi.

10 kun davomida “Optimal job for you xususiy bandlik agentligi” MChJ tomonidan Nizomning 46-bandiga binoan keltirilgan holatlarni ijobiy hal qilish talab qilinadi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining Koreya Respublikasidagi vaqtinchalik mehnat faoliyatini yo`lga qo`yish ikki davlat Mehnat vazirligi tomonidan imzolangan Anglashuv memorandumi asosida amalga oshiriladi. Unga ko`ra, E9 viza bilan fuqarolarni Koreya Respublikasiga ishga joylashtirish vakolati faqat Bandlik va mexnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi zimmasiga yuklatilgan. Koreya Respublikasida ishga joylashtirish xususiy bandlik agentliklari vakolatiga kirmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1