1

Bayramga tuhfa! “O`zbekiston temir yo`llari” 10 ga yaqin yo`nalishda qo`shimcha reyslar qatnovini yo`lga qo`yadi

Jamiyat 13.03.2020, 10:27
Bayramga tuhfa! “O`zbekiston temir yo`llari” 10 ga yaqin yo`nalishda qo`shimcha reyslar qatnovini yo`lga qo`yadi

 “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati bayram kunlari imtiyozli narxlardagi chitalardan foydalanish istagidagi yurtdoshlarimizga bir qator takliflar berilmoqda.
“O`zbekiston temir yo`llari” temiryo`l media direktori Fozil Sharipov UzAga quyidagi yangiliklarni ma`lum qildi. 
"– Talabalar, o`quvchilar hamda nafaqadagilar uchun yo`l chiptasining tarif qismidan 10 foizdan 50 foizgacha chegirma joriy qilinmoqda.  Bundan tashqari, ushbu kunlarda poezdlar harakat jadvaliga o`zgartirish kiritilib, qo`shimcha ravishda o`nga yaqin yo`nalishda qatnovchi poezdlar yo`lga qo`yiladi. Shu maqsadda hozirda marketing tadqiqotlari o`tkazilib, talab yuqori bo`lgan poezdlar aniqlanmoqda. Afrosiyob yoki boshqa yo`nalishdagi poezdlarda joy bor yo`qligini bilmoqchi bo`lganlar mobil ilova orqali to`g`ridan-to`g`ri onlayn tarzda saytga kirib ko`rish imkoniga ega. Chitalar oldin 45 kun oldin sotuvga chiqarilgan bo`lsa, endilikda 60 kun oldin chiqarishni boshladik"

Yana bir yangilik. Sinov tariqasida aprel-may oylarida mahalliy yo`nalishda charter sayyohlik poezdlari qatnovini yo`lga qo`yish rejalashtirilmoqda. Bunda Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi bilan hamkorlik qilish ko`zda tutilgan. Yurtimizning qadimiy shaharlari bo`ylab yo`lga qo`yiladigan charter yo`nalishni arzonroq bo`lishini ta`minlash uchun chitalar tayyorlanmoqda. Bunda talabga ko`ra 16, 34, 54 nafar odamga mo`ljallangan vagonlar bo`ladi.

Toshkentdan yo`lga chiqqan poezd Samarqandda ikki, Buxoroda ikki va Xivada bir kun turib, yo`lovchilarni olib qaytadi. Bu yo`nalishlar buyurtmachining talabiga ko`ra o`zgarishi ham mumkin. Bilet bahosi ham shunga mos ravishda hisoblanadi. To`g`ri, u oddiy poezd chiptasidan qimmatroq bo`ladi, joylarda kutib turgani uchun.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1