1

Prezident Shavkat Mirziyoev Ozarbayjonda “Yil odami” deb e`tirof etildi

Jamiyat 13.03.2020, 13:13
Prezident Shavkat Mirziyoev Ozarbayjonda “Yil odami” deb e`tirof etildi

Poytaxtimizdagi “Hyatt Regency” mehmonxonasida Ozarbayjonda nashr etiladigan “Tarixiy shaxslar” xalqaro jurnalining O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Yil odami” deb e`tirof etilishi hamda umuman O`zbekistonga bag`ishlangan maxsus soni taqdimoti bo`lib o`tdi.

Tadbirda mamlakatimizda ro`yxatdan o`tgan diplomatik korpus vakillari, jumladan, qator xorijiy davlatlarning elchilari, xalqaro tashkilotlar vakillari, mamlakatimiz tegishli vazirlik, idoralari mas`ul mutasaddilari, keng jamoatchilik ishtirok etdi.

1 (3).jpg


“Tarixiy shaxslar” xalqaro jurnalining Ozarbayjon Respublikasining O`zbekiston Respublikasidagi elchixonasi hamda Elchixona huzuridagi Geydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniy markazi ko`magida chop etilgan rus tilidagi maxsus sonida, jumladan, shunday so`zlar keltirilgan:

“Tarixiy an`analarni tiklash yo`lidagi sermahsul faoliyati, O`zbekiston Respublikasining siyosiy va iqtisodiy nufuzini jahon miqyosida oshirishdagi mislsiz sa`y-harakatlari, shuningdek O`zbekiston va Ozarbayjon o`rtasidagi do`stona aloqalarni rivojlantirishga qo`shgan ulkan hissasi uchun Ozarbayjonning “Tarixiy shaxslar” xalqaro jurnali Tahrir hay`ati a`zolarining yakdil qarori bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2019 yilda “Yil odami” deb e`tirof etildi”.

Ta`kidlash joiz, Ozarbayjonda 2006 yildan buyon chop etiladigan ushbu jurnal an`anaviy ravishda davlat rahbarlari va taniqli davlat arboblari orasidan “Yil odami”ni e`lon qilib keladi. Hozirgacha bunday sharafli nomga Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo`g`on, Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin singari shaxslar sazovor bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1