1

Andijonda ijaraga olingan avtomashinalar boshqalarga sotib yuborildi

Jamiyat 13.03.2020, 13:35
Andijonda ijaraga olingan avtomashinalar boshqalarga sotib yuborildi

IIVning xabariga ko`ra, 2019 yilning sentyabr oyida 36 yoshli B.T., 33 yoshli O.N. va 32 yoshli A.X.lar oldindan jinoiy til biriktirib, 37 yoshli J.I.ni aldab, unga tegishli "Lasetti" va "Neksiya" rusumli avtomashinalarini oyma-oy to`lash sharti bilan ijaraga olishadi. Avtomashinalarni egasining ruxsatisiz boshqalarga sotib yuborishgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-kismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmokda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1