1

Xorazmda lazgi festivali tashkil etiladi

Jamiyat 13.03.2020, 14:07
Xorazmda lazgi festivali tashkil etiladi

Urganch shahrida bo`lib o`tayotgan yig`ilishda Prezident Shavkat Mirziyoev Xorazm viloyatini rivojlantirishning muhim yo`nalishlarini ko`rsatib o`tdi.

Yaqin uch yilda umumiy qiymati 24 trillion so`mlik 2 ming 736 ta investisiya loyihasi amalga oshirilib, 50 mingdan ziyod yangi ish o`rni yaratilishi rejalashtirilgan. 

Hazoraspdagi avtomobil zavodida “Damas” va “Labo” mikrovenlari ishlab chiqarishning mahalliylashtirish darajasini 65 foizga etkazish (hozir 27 va 14 foiz) bo`yicha yangi loyihalar amalga oshiriladi. 

Viloyatda kelgusi yilda paxtani qayta ishlash darajasini 100 foizga, ip-kalavani uch yilda bugungi 35 foizdan 70 foizga etkazish bo`yicha yangi loyihalar ishlab chiqiladi. 

Malayziyalik investorlarning 250  million dollar sarmoyasi hisobidan yiliga 63 ming tonna kaustik soda va xlor ishlab chiqaradigan kimyo zavodi quriladi. 

Suvdan unumli foydalanish, meva-sabzavotchilik klasterlari tashkil etish, qovunchilikda “Xorazm navi” brendini yaratib, qovun etishtirish va eksport qilishni ko`paytirish bo`yicha vazifalar belgilandi.

Sayyohlik salohiyatini kengaytirish maqsadida Shovot kanalining ikki yonida kichik turizm zonasini, Xivada “Xorazm xonlari shaharchasi”ni tashkil etish bo`yicha topshiriq berildi.

Davlatimiz rahbari milliy san`atimizni tarannum etish, xorijliklarni yurtimizga jalb qilish maqsadida Xorazmda lazgi bo`yicha xalqaro festival o`tkazishni taklif etdi. Bu tashabbusni xorazmliklar mamnuniyat bilan qo`llab-quvvatladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1