1

Mahkumlarning pensiyasi ularning shaxsiy hisobvaraqlariga tushadi

Jamiyat 13.03.2020, 14:54
Mahkumlarning pensiyasi ularning shaxsiy hisobvaraqlariga tushadi

Hukumat qarori (145-son, 12.03.2020 y.) bilan Davlat pensiyalarini tayinlash va to`lash tartibi to`g`risidagi nizomga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.

Kiritilgan o`zgartirishlarga muvofiq, manzil-koloniyalarda jazoni o`tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiya tayinlash (qayta hisoblash, tiklash, pensiyaning bir turidan boshqa turiga o`tkazish) to`g`risidagi ariza bevosita manzil-koloniya joylashgan erdagi Pensiya jamg`armasi bo`limiga beriladi.

Bunda, mazkur shaxslarga pensiya to`lovi Pensiya jamg`armasi bo`limlari tomonidan manzil-koloniya ma`muriyati orqali mahkumlarning shaxsiy hisobvaraqlariga naqd pulsiz o`tkazib beriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1