1

O`zbekistonda reklama to`g`risidagi qonunchilikning 54 ta buzilishi holatlari aniqlandi

Jamiyat 30.03.2015, 15:46
O`zbekistonda reklama to`g`risidagi qonunchilikning 54 ta buzilishi holatlari aniqlandi

O`zbekiston Respublikasi xususylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo`mitasi tomonidan 2014 yilning birinchi choragida reklama bozorining 79 ta o`rganilishi amalga oshirildi. Bu haqda Podrobno.uz xabar beradi.

Natijada 54 ta qonunchilikni buzish holatlari aniqlandi, xo`jalik yurituvchi sub`ektlariga 37 ta ko`rsatma berildi, 19ta mansabdor shaxslarga ma`muriy jarimalar qo`llandi.

Qonun buzilishlarning asosiy qismi reklamada maxsulot haqida salmoqli va zaruriy ma`lumot, jumladan uni sotib olish va foydalanish shartlari haqidagi malumotlarning bir qismi yo`qligidan iborat. Shuningdek, kerakli ma`lumot kichik shriftda yozilishi yoki to`liq va qo`shimcha ma`lumot olish uchun boshqa manbaga murojaat qilish lozimligi bilan bog`liq holatlar ham uchraydi.

Mazkur harakatlar atayin, iste`molchilardan zaruriy ma`lumotni yashirish yoki aytmaslik orqali amalga oshirilib, oxir oqibatda ularning aldanishiga sabab bo`ladi. Qo`mita mutaxassislari reklama bozorida faoliyat yuritayotgan kompaniyalarni ogoxlantirishadiki, tegishli lisenziyaga ega bo`lmagan nodavlat ta`lim muassasalari, ya`ni o`quv markazlari va kurslarning reklamalarini qabul qilish hamda joylashtirish qat`iyan man etiladi.

Ushbu yo`nalishda lisenziyasiz faoliyat yuritish haqidagi ma`lumot soliq va huquqni muxofaza qilish idoralariga beriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1