1

Xorazmda 58 ming oila kambag`allik bo`sag`asida kun kechirmoqda. Ularning 856 tasi o`ta nochor ahvolda

Jamiyat 13.03.2020, 16:04
Xorazmda 58 ming oila kambag`allik bo`sag`asida kun kechirmoqda. Ularning 856 tasi o`ta nochor ahvolda

Prezident Shavkat Mirziyoev bugun 13 mart kuni Urganchda Xorazm viloyati faollari bilan o`tkazilgan yig`ilishda viloyatda 200 ming ish o`rni yaratish zarurligini ta`kidladi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

"Hududda 58 ming oila kambag`allik bo`sag`asida kun kechirmoqda. Shundan 856 tasi o`ta nochor ahvolda. Ko`plab odamlar ishlash uchun xorijga ketgan. Bularning barchasidan kelib chiqib, Xorazmda 200 ming ish o`rni yaratish zarur", — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.

Prezident aholini tadbirkorlikka jalb etgan holda yangi korxonalar va ish o`rinlari yaratish, shu orqali kambag`allikni keskin qisqartirish asosiy maqsad ekanini ta`kidlagan. Tuman va shaharlarda tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, banklarni «loyihalar fabrikasi»ga aylantirish zarurligi qayd etilgan.

2,5 mingta bo`sh turgan binolar negizida ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish ob`ektlarini tashkil etish, «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonasini yangi loyihalar bilan to`ldirish bo`yicha ko`rsatmalar berilgan. Qishloq tumanlarda pullik xizmat ko`rsatish Urganch shahriga nisbatan 10-15 barobar pastligi ta`kidlanib, bunday ob`ektlarni keskin ko`paytirish kerakligi belgilangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1