1

“Adolat“ SDP “Milliy tiklanish“ partiyasini ko`chirmakashlikda ayblamoqda

Jamiyat 13.03.2020, 18:09
Teglar: Adolat SDP, Milliy tiklanish
“Adolat“ SDP “Milliy tiklanish“ partiyasini ko`chirmakashlikda ayblamoqda

Saylovlar vaqtida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining bosh shiori va u tomonidan olib borilgan piar-kampaniya jarayonlari Turkiyaning “Adolat va taraqqiyot” partiyasinikidan ko`chirilgani to`g`risidagi fikr-mulohazalar qizg`in muhokama qilingan edi. Bu holat partiyaning saylovdagi imijiga ham salbiy ta`sir qilmay qolmadi.

"Kuni kecha “Milliy tiklanish"chilar bu borada yana bir bor “mahorat” ko`rsatishdi, deb xabar berdi “Adolat” SDP Matbuot xizmati. Eng qizig`i endi xorijdan emas, o`zimizdan, ya`ni “Adolat” SDPdan ko`chirishdi. Siyosiy partiyaning o`z raqobatchisidan ko`chirishini qanday izohlash mumkinmi? Bu tan berish, andoza olishmi? Mayli, qarshiligimiz yo`q!" deyiladi raddiyada. Xo`sh, gap nimada?

Xullas, “Milliy tiklanish” gazetasining 11 mart sonida Umid Arslonbekov muallifligida “Nega fraksiyalar o`z pozisiyasini e`lon qilmayapti?” sarlavhali maqola e`lon qilinadi.

Eng qizig`i mazkur maqola ancha avvalroq “Adolat” SDP Matbuot xizmati sektor mudiri Farruh Abduhamidov tomonidan yozilgan bo`lib, joriy yilning 25 fevral kuni o`zining telegrammdagi Altruist kanalida “Nega parlament fraksiyalari pozisiyasi ma`lum qilinmadi?” sarlavhasi (shu o`rinda aziz o`quvchidan har ikki maqolaning sarlavhasiga e`tibor qaratishni so`rayman!) bilan e`lon qilingan edi. Bundan tashqari Mazkur maqola ayni shu kuni Feysbukdagi “Deputatlar minbari” sahifasida ham yoritilgan.

Buni qarangki, ushbu maqola “Milliy tiklanish”chilarga yoqib qolibdi shekilli, shartta o`z gazetalarining 11 mart kungi 10-sonida birinchi sahifadan boshlab, (“Milliy tiklanish” gazetasiga xos bo`lgan o`qlovday-o`qlovday harflardagi sarlavha bilan!) Umid Arslonbekov muallifligida chop etib yuboribdi.

Hayratlanarli jihati, maqola biron-bir o`zgarishsiz, (ayrim so`zlarning o`rin almashinuvini aytmaganda) Farruh Abduhamidovning telegramm kanalidagidek e`lon qilinibdi.

Bugungi kunda ayrim nashrlarda ko`chirmakashlik rivojlanganidan ko`z yumib bo`lmaydi. Bunday salbiy holatlar siyosiy nashrlar tomonidan ham tanqid ostiga olingan. Ammo mamlakatimizdagi etakchi siyosiy kuchlardan biri bo`lgan “Milliy tiklanish” DPning bosh nashrining tayyor maqolani ko`chirmakashlik bilan nashr etishi uyatli holat emasmi?!

Xullas, ushbu holat bo`yicha “Milliy tiklanish"chilardan biror bir izoh kutib qolamiz deymiz-u, ammo hammasi ochiq-oydin ko`rinib turgan vaziyatda izohga o`rin bormikan.

Shunday bo`lsa ham, xulosa chiqarishga shoshilmaymiz. Kutaylik-chi, kim bilsin, balki biror bir texnik nosozlik, yoki “xaker“lar hujumiga uchrash holati kuzatilgandir...

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1