1

O`zbekistonga 6 ta davlat fuqarolarining kirishi taqiqlandi, yana uchtasi bilan aviareyslar bekor qilindi

Jamiyat 14.03.2020, 08:55
O`zbekistonga 6 ta davlat fuqarolarining kirishi taqiqlandi, yana uchtasi bilan aviareyslar bekor qilindi

O`zbekiston 14 mart soat 00:00 dan boshlab Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniyadan aviareyslarni to`xtatmoqda. Bu haqda, Gazeta.uz nashri xabar berdi.

Shuningdek, Xitoy, Janubiy Koreya, Italiya, Eron, Fransiya va Ispaniya fuqarolariga O`zbekistonga kirish taqiqlandi.

Ushbu qarorlar O`zbekistonda koronavirus xavfining oldini olish bo`yicha tuzilgan maxsus Respublika komissiyasi tomonidan qabul qilingan.

Demak, 14 mart soat 00:00 dan keyin Xitoy, Janubiy Koreya, Italiya, Eron, Fransiya va Ispaniya fuqarolari hamda bu mamlakatlarda yashovchi fuqaroligi bo`lmagan shaxslar, shuningdek so`nggi 14 kun ichida ushbu 6 ta davlatlarga tashrif buyurgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning barcha chegara punktlari orqali O`zbekistonga kirishi taqiqlanadi.

Mazkur cheklovlar istisno tariqasida diplomatik va xizmat pasportlari egalariga, shuningdek O`zbekistonga kirishdan oldin 14 kun ichida yuqoridagi mamlakatlarga bormagan shaxslarga qo`llanilmaydi.

Zarur hollarda O`zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun ushbu mamlakatlarga charter reyslar tashkil etilishi mumkin.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1