1

TIV O`zbekiston fuqarolariga Hindistonga borishdan tiyilib turishni tavsiya qildi

Jamiyat 14.03.2020, 09:04
TIV O`zbekiston fuqarolariga Hindistonga borishdan tiyilib turishni tavsiya qildi

TIV Hindistonga borishni rejalashtirayotgan O`zbekiston fuqarolari diqqatiga yangi xabarni e`lon qildi.

O`zbekistonning Dehli shahridagi Echixonasi bergan ma`lumotga ko`ra Hindiston Hukumatining qarori bilan COVID-19 koronavirusi tarqalishining oldini olish maqsadida 2020-yilning 13-martidan 15-apreligacha chet el fuqarolariga yangi vizalar berish va avval berilgan vizalarning amal qilishi to`xtatib qo`yildi. Bundan diplomatlar va BMT xodimlari mustasno.

Shu bilan birga 2020-yil 15-fevraldan keyin Xitoy, Italiya, Eron, Koreya Respublikasi, Fransiya, Ispaniya va Germaniyaga borgan barcha shaxslar Hindistonga kelishlari bilan 14 kunlik karantinga joylashtiriladilar.

Shu munosabati bilan Tashqi ishlar vazirligi O`zbekiston fuqarolariga o`ta zarurat bo`lmasa Hindistonga borishdan tiyilib turishni tavsiya qiladi va vatandoshlarimizga mamlakatimizning Dehli shahridagi Elchixonasining telefon raqamlarini eslatib o`tadi: (+9111) 24670774, 24670775, 24105640.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1