1

Bitituvchilarga kasb tanlashga konsultativ markazlar ko`maklashadi

Jamiyat 30.03.2015, 16:20
Bitituvchilarga kasb tanlashga konsultativ markazlar ko`maklashadi

O`zbekistonda Akademik lisey va kasb hunar kollejlari huzurida konsultativ markazlar paydo bo`ladi. Bu to`g`risidagi Nizom oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi o`rta maxsus kasb hunar ta`limi markazi, Davlat test markazi va Xalq ta`limi vazirligining qo`shma qarori bilan tasdiqlandi. Nizomga muvofiq, har bir Akademik lisey va kasb hunar kollejida konsultativ markazlar faoliyat yuritadi, deya xabar beradi Podrobno.uz nashri Norma.uz ma`lumotlari asosida.

Markazlar bitiruvchilarni kasb tanlash bo`yicha konsultasiya qilib, lisey yoki kollejdagi ta`lim yo`nalishlari haqida xabador etishadi, ma`lumot bukletlarini berishadi, testlarni o`tkazish muddati haqida ma`lumot berishadi, maktab bitiruvchilarining shaxsiy hujjatlarini shakllantiradi. Bellib qo`yildiki, markaz a`zolari soni 5 kishidan kam bo`lmasligi lozim. Markazga rahbarlik qiladigan lisey va kollej direktoridan tashqari, uning tarkibiga psixolog va tajribali pedagoglar kirishi lozim. Nizom harbiy akademik liseylarga tegishli emas. Hujjat davlat tilida qabul qilingan. Qaror 2014 yil 26 maydan kuchga kirdi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1