1

Farg`onadagi ommaviy janjal pichoqvozlikka aylanib ketdi. 6 nafar shaxs qamoqqa olindi

Jamiyat 14.03.2020, 09:25
Farg`onadagi ommaviy janjal pichoqvozlikka aylanib ketdi. 6 nafar shaxs qamoqqa olindi

Farg`onada ommaviy janjallashuv pichoqvozlikka aylanib ketdi, deya ma`lum qildi Farg`ona viloyati IIB. Aniqlanishicha, joriy yilning 10 mart kuni soat taxminan 14:30 da,  24 yoshli fuqaro I.O. bir guruh tanishlari bilan birga Farg`ona shahar S.Ahmad ko`chasida fuqaro T.U. bilan o`rtalaridagi o`zaro kelishmovchilik sabab gap talashib janjallashib ketishgan.

 Janjal shunchaki mushtlashuv bilan yakun topmadi. T.U. va I.O.lar o`zlari bilan olib kelgan pichoqlarni ham ishga solishib bir-birlarini tanalarining turli sohalariga bir necha marotaba urib tan jarohati etkazishgan.

  I.O.ning  jinoiy sheriklari ham janjalda faol ishtirok etishib, qo`llaridagi tosh va temir jismlar bilan fuqaro T.U.ning bosh va tanasining turli qismlariga urib, og`ir tan jarohati etkazishib, hodisa joyidan yashirinishgan.

  Tergov-tezkor guruhi tomonidan hodisa joyidan voqeaga aloqador tosh bo`laklari, oshxona pichog`i va qon namunalari hamda shu atrofdagi savdo do`koniga o`rnatilgan videokuzatuv moslamasiga qayd qilingan tasvirlar ashyoviy dalil tariqasida olingan.

  Mazkur holat yuzasidan Farg`ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan I.O va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “e,k” bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, jinoyatni sodir etgan shaxslarning 6 nafariga nisbatan “Qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo`llanildi. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1