1

Yangiyo`lda 18 yoshli qiz uyida o`zini osib, o`ldirdi

Jamiyat 14.03.2020, 09:44
Yangiyo`lda 18 yoshli qiz uyida o`zini osib, o`ldirdi

Toshkent viloyati Yangiyo`l tumanida o`z joniga qasd qilish holati aniqlandi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi. 

Keltirilishicha, 2019 yil 10 mart kuni Yangiyo`l tumani Madaniyat mahallasida yashagan,  2002 yilda yilda tug`ilgan, voyaga etmagan qiz o`z uyining issiqxonasi to`siniga o`zini o`zi osib joniga qasd qilib vafot etgan. Ayni paytda Yangiyo`l tuman prokuraturasi tomonidan ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Yangiyo`l tuman sud tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma`lumotnomasiga ko`ra, uning o`limiga buyin a`zolarini sirtmoq bilan siqilishi natijasida kelib chiqqan mexanik asfiksiya sabab bo`lgan.

Voyaga etmagan qiz o`z joniga qasd qilganligi holati yuzasidan Yangiyo`l tuman xalq ta`limi bo`limi, voyaga etmaganlar ishlari bo`yicha Yangiyo`l tuman idoralararo komissiya, mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash bo`limiga xizmat tekshiruvlari tayinlangan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi taqdim etilgan xabarda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1