AsosiyJamiyat

IIV mashinalar narxidan norozi bo`lgan fuqarolar namoyishiga bo`layotgan chaqiriqlarga qo`shilmaslikni so`ramoqda

'IIV mashinalar narxidan norozi bo`lgan fuqarolar namoyishiga bo`layotgan chaqiriqlarga qo`shilmaslikni so`ramoqda'ning rasmi

Yaqinda engil avtomobillar narxini oshirish masalasi ko`rib chiqilayotgani haqidagi xabar e`lon qilingach, internet tarmog`ida norozilik bildirish uchun to`planishga chaqiriqlar tarqalmoqda.   

Hurmatli hamyurtlar! Sizdan ig`vogarlik chaqiriqlardan ta`sirlanmaslikni va faqatgina qonun doirasida harakat qilishingizni so`raymiz.

Unutmang, O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 201 moddasiga ko`ra, yig`ilishlar, mitinglar, ko`cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o`tkazish tartibini buzish – bazaviy hisoblash miqdorining oltmish baravaridan (14 316 600 so`m) sakson baravarigacha (19 088 800 so`m) miqdorda jarima solishga yoki o`n besh sutkagacha muddatga ma`muriy qamoqqa olishga sabab bo`ladi.

Shuningdek ma`lum qilamizki, hozirgi vaqtda mazkur chaqiriqlarni tarqatayotgan shaxsning faol qidiruvi olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar