AsosiyJamiyat

Endi xotin-qizlar ham boshlang`ich badali to`lab beriladigan arzon uy-joy bilan ta`minlanadi

'Endi xotin-qizlar ham boshlang`ich badali to`lab beriladigan arzon uy-joy bilan ta`minlanadi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi to`g`risida nizom tasdiqlanadi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror loyihasida qayd etilgan.

Hujjatga asosan vazirlik quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Og`ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan, nogironligi bo`lgan ayollarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko`rsatish tizimini shakllantirish, ularning iqtisodiy barqarorligini ta`minlash bo`yicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

xotin-qizlarning muammolarini o`z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo`lgan va og`ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarning, shu jumladan, kam ta`minlangan hamda nogironligi bo`lgan ayollarning manzilli ro`yxatlarini tuzish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko`rsatish, reabilitasiya vositalari bilan ta`minlash ishlarini tashkillashtiradi;

uy-joyga muhtoj og`ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan, kam ta`minlangan hamda nogironligi bo`lgan xotin-qizlarning ro`yxatini tuzish, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish, “Xotin-qizlar va oilani qo`llab-quvvatlash” jamg`armasi hisobidan boshlang`ich badalni to`lab berish orqali ularni arzon uy-joylar bilan ta`minlash ishlarini tashkil etadi;

xotin-qizlar o`rtasida turli salbiy ijtimoiy harakatlar, ayniqsa, o`z joniga qasd qilish, fohishabozlik, voyaga etmagan qizlarni erta turmushga chiqish kabi holatlarning sabablarini chuqur o`rganish hamda natijalari bo`yicha fuqarolar yig`inlari kengashlari, mahalliy hokimliklar, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etadi;

fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari xodimlariga xotin-qizlarning muammolarini o`z vaqtida aniqlash va bartaraf etishda, ularni og`ir ijtimoiy ahvoldan chiqarish choralarini amalga oshirishda uslubiy va amaliy ko`maklashadi.

    Boshqa yangiliklar