1

Alisher Qodirov: "500 kishilik to`yda birgina virus tashuvchining bo`lishi qanday oqibatga olib kelishini o`ylab ko`rishni tavsiya qilaman"

Jamiyat 15.03.2020, 23:51
Teglar: koronavirus O`zbekiston, to`ylar
Alisher Qodirov: "500 kishilik to`yda birgina virus tashuvchining bo`lishi qanday oqibatga olib kelishini o`ylab ko`rishni tavsiya qilaman"

Mamlakatda birinchi bor koronavirus aniqlanishi bilan bog`liq vaziyat hamda virus keng tarqalishining oldini olishga qaratilgan keskin chora-tadbirlar borasida ko`pchilik mas`ullar o`z munosabatini bildirishyapti. Xususan O`zbekistondagi partiyalar liderlari ham aholini vahimaga solmaslikka, gigienaga rioya qilishga va mulohazali bo`lishga chaqirmoqda. 

Xususan Milliy tiklanish partiyasi rahbari o`z telegram kanalida to`y va ommaviy tadbirlar mavzusiga e`tibor qaratdi

"To`y va marosimlar haqida aniq ko`rsatma bo`lmadi, degan murojaatlar kelib tushmoqda. To`y yoki marosimda 100 dan 500 gacha odam ishtirok etishi va ularning ichida birgina virus tashuvchining bo`lishi nima oqibatga olib kelishini o`ylab ko`rishni tavsiya qilaman. Virus aniqlangan vatandoshimiz bilan bir samolyotda kelganlarning barchasi karantinga olinganini o`ylang. Bizning marosimlarda barcha bir-birini yaqindan taniydiganlarni ishtirok etishi va ularni, albatta, bir-biri bilan muloqotda bo`lishini unutmaslik kerak.  

Yaqinlarimizni asrash uchun kimdir ko`rsatma berishi shart emas", deya ta`kidladi A.Qodirov.

Sharhlar

23-oktyabr. Yurtimizda koronavirus qayd etilganlar soni 65 ming nafarga yaqinlashmoqda

24.10.2020, 00:08

2020 yil 23 oktyabr soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 64 811 (+87) nafarni tashkil etmoqda.Yangi kasallanish holatlarining:19 nafari Toshkent shahrida, 68...
22-oktyabr. Yurtimizda koronavirus qayd etilganlar soni 64 ming nafardan oshdi

22.10.2020, 23:42

2020 yil 22 oktyabr soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 64 518 (+79) nafarni tashkil etmoqda.Yangi kasallanish holatlarining: 14 nafari Toshkent shahrida,  65...
20-oktyabr. Yurtimizda koronavirus qayd etilganlar soni 64 ming nafarga yaqinlashmoqda

20.10.2020, 23:57

2020 yil 20 oktyabr soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 63 912 (+81) nafarni tashkil etmoqda.Yangi kasallanish holatlarining 10 nafari Toshkent shahrida, 71...
17-oktyabr. Yurtimizda koronavirus qayd etilganlar 63 ming nafarga yaqinlashmoqda

18.10.2020, 02:42

2020 yil 17 oktyabr soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 62 995 (+82) nafarni tashkil etmoqdaYangi kasallanish holatlarining:24 nafari Toshkent shahrida,54...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1