AsosiyJamiyat

O`zbekistonda dam olish kunlari vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi

'O`zbekistonda dam olish kunlari vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi'ning rasmi

Dam olish kunlari O`zbekiston hududi bo`yicha beqaror ob-havo saqlanib turadi. 

Respublika bo`yicha vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ayrim joylarda kuchli yomg`ir yog`ishi, ba`zi joylarda momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Havo harorati juma kuni kunduzi +25…+30 daraja atrofida bo`ladi. Shanba kuni esa +22…+27 darajagacha, yakshanba kuni +17…+22 darajagacha pasayadi.

Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtda 17 mayda yog`ingarchilik kutilmaydi. 18 mayda kunning ikkinchi yarmida, 19 mayda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.

Havo harorati juma kuni +28…+30, shanba kuni +22…+24, yakshanba kuni esa +17…+19 daraja bo`ladi. 18−19 may kunlari shamol tezligi 15−17 m/s gacha kuchayishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar