AsosiyJamiyat

Qashqadaryo viloyat IIB “Qarshida noqonuniy radar” sarlavhali videotasvir yuzasidan munosabat bildirdi (Video)

'Qashqadaryo viloyat IIB “Qarshida noqonuniy radar” sarlavhali videotasvir yuzasidan munosabat bildirdi (Video)'ning rasmi

2020-yil 15-mart kuni internet tarmog`ining "YOUTUBE" videoxostingining "BAXODIR BRAT" kanaliga joylashtirilgan “Qarshida noqonuniy radar” sarlavhali videotasvir yuzasidan Qashqadaryo viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi. 

Ma`lum bo`lishicha, 2020 yil 26 fevral kuni viloyat IIB YHXB YPX 1-YPX otryadi komandiri tomonidan tasdiqlangan kunlik xizmat taqsimot (dislokasiya)ga asosan 1-YPX otryadi 2-safarbarlik guruhi YPX katta inspektori, katta serjant D.Ergashev jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta`minlash, yo`l harakat havfsizligini ta`minlash, yo`l transport hodisalarini oldini olish va spirtli ichimlik istemol qilib og`ir oqibatli ko`ngilsiz holatlarni sodir etilishining oldini olish bo`yicha belgilangan tezlikni oshirgan haydovchilarni aniqlash maqsadida Qarshi shahar xududi bo`ylab “Onlayn” rejimda ishlovchi tezlikni o`lchash moslamasini o`rnatish uchun harakatda xizmatga jalb qilingan.

Bloger M.Muzaffarov va YPX katta inspektori D.Ergashev bilan bo`lgan muloqati yuzasidan viloyat IIB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruv o`tkazilmoqda.

 

Boshqa yangiliklar