1

Ayni paytda jamoat transportlari dezinfeksiya qilinmoqda

Jamiyat 16.03.2020, 17:30
Teglar: koronavirus O`zbekiston
Ayni paytda jamoat transportlari dezinfeksiya qilinmoqda

Bugungi kunda koronavirusning oldini olish borasida respublikamiz, xususan, shahrimizda ham zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, jamoat transportlarida harakatlanuvchi fuqarolarimiz orasida ushbu virus tarqalishining oldini olish borasida avtobuslarda sanitariya ishlari bajarilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligining matbuot xizmati xabar berdi.

Unda aytilishicha Toshkent shahar transport boshqarmasi hamda “Toshshahartransxizmat” AJ jamoat transportlarida dezinfeksiya ishlarini yanada kuchaytirilgan. Jumladan avtosaroylardan erta tongda yo`nalishga chiqayotgan avtobuslar hududiy sanitariya va epidemiologiya hamda dezinfeksiya markazlari mutaxassislari tomonidan viruslarga qarshi dezinfeksiya qilinmoqda. Bundan tashqari jamiyatga biriktirilgan har bir shohbekatda ham yo`nalishdagi avtobus hamda yo`nalishli taksilar belgilangan tartibda zararsizlantirilmoqda.

"Hurmatli yo`lovchilar!

Jamoat transportlarida harakatlanayotganda ortiqcha vahimaga berilish yoki undan foydalanmaslik kerak, degan fikrdan yiroq bo`ling. Shunchaki, jamoat joylarida gigiena qoidalariga to`liq amal qiling va tozalikka e`tiborli bo`ling!" deyiladi hokimlik xabarida.

Sharhlar

23-oktyabr. Yurtimizda koronavirus qayd etilganlar soni 65 ming nafarga yaqinlashmoqda

24.10.2020, 00:08

2020 yil 23 oktyabr soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 64 811 (+87) nafarni tashkil etmoqda.Yangi kasallanish holatlarining:19 nafari Toshkent shahrida, 68...
22-oktyabr. Yurtimizda koronavirus qayd etilganlar soni 64 ming nafardan oshdi

22.10.2020, 23:42

2020 yil 22 oktyabr soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 64 518 (+79) nafarni tashkil etmoqda.Yangi kasallanish holatlarining: 14 nafari Toshkent shahrida,  65...
20-oktyabr. Yurtimizda koronavirus qayd etilganlar soni 64 ming nafarga yaqinlashmoqda

20.10.2020, 23:57

2020 yil 20 oktyabr soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 63 912 (+81) nafarni tashkil etmoqda.Yangi kasallanish holatlarining 10 nafari Toshkent shahrida, 71...
17-oktyabr. Yurtimizda koronavirus qayd etilganlar 63 ming nafarga yaqinlashmoqda

18.10.2020, 02:42

2020 yil 17 oktyabr soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 62 995 (+82) nafarni tashkil etmoqdaYangi kasallanish holatlarining:24 nafari Toshkent shahrida,54...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1