AsosiyJamiyat

Toshkentda maktabga o`yinchoq pichoq olib kelgan o`quvchining ota-onasi jarimaga tortildi

'Toshkentda maktabga o`yinchoq pichoq olib kelgan o`quvchining ota-onasi jarimaga tortildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videolavha yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi rasmiy ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 6 may kuni sodir bo`lgan. Mirzo Ulug`bek tumanidagi 187-maktabning 11-«J» sinf o`quvchisi I.J. maktabga o`rtoqlariga maqtanish maqsadida pichoq ko`rinishidagi o`tmas jism (o`yinchoq) olib kelgan va tanaffus vaqtida atrofidagilarga ko`rsatib maqtangan. U bu jarayonni o`zining telefoniga s`yomka qilgan.

 

O`quvchilar tomonidan maktab direktoriga xabar berilgan. O`quvchi va uning ota-onasi bilan mahalla inspektori, maktab rahbariyati va Milliy gvardiya xodimlari ishtirokida sodir etilgan xatti-harakati yuzasidan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan. Voyaga etmagan o`quvchining ota-onasiga nisbatan MJtKning 47-moddasiga asosan jarima jazosi qo`llangan.

 

Ayni vaqtda, o`quvchi J.I. o`zining xatti-harakatiga nisbatan ko`rilgan choradan noroziligini maktab ma`muriyati va Milliy gvardiya xodimiga bildirgan hamda videolavhani ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan, deyiladi Toshkent shahar MMTB axborot xizmati xabarida. 

    Boshqa yangiliklar