Navoiyda ayol kishi 32 tonnalik ko`priksimon kranni boshqarmoqda

Jamiyat 31.03.2015, 16:02
Navoiyda ayol kishi 32 tonnalik ko`priksimon kranni boshqarmoqda

“Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi stanoksozlik sexida ko`priksimon kranni boshqarayotgan ayollarni uchratish mumkin. Ulardan biri Gulnora Toyirova vazni 32 tonna bo`lgan katta kranni boshqarayotgan yagona mashinist-ayol.

“Gornyak” gazetasining ma`lumotlariga ko`ra, u mazkur sohada 29 yildan buyon muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. Sh.Yadgarova – mexanik-ta`mir sexida 5-razryad kran mashinisti, u o`zining yosh bo`lishiga qaramay 10 tonnalik kranni boshqarmoqda. Bu haqda 12news.uz nashri xabar beradi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1