AsosiyDunyo

Nepalda qo`riqxonadan qochgan karkidon bir ayolni o`ldirdi va 6 kishini jarohatladi (video)

Nepal qo`riqxonadan qochib ketgan karkidon 61 yoshli ayolni o`ldirdi va 6 kishini jarohatladi, deya xabar beradi korrespondent.net nashri.

Qo`riqxonadan Nepalning Makvanpur shahrigacha 20 kilometr masofani bosib kelgan karkidonni avtomobil ichidagi fuqarolar o`z avtomobillari yordamida, shuningdek qattiq ovoz chiqaruvchi jihozlar yordamida haylashga urunishgan, ammo buning uddasidan chiqa olishmagan. Dastlab karkidon kichik bozorchaga kirib odamlarni o`zining baqirig`i bilan qo`rqita boshlagan, keyin esa kasalxona ichiga kirgan.

Hukumat vakillari karkidonni o`ldirish istaklari yo`qligini, uni mutaxassislar yordamida uxlatib, qo`riqxonaga qaytarish lozimligini aytishmoqda. Ma`lumotlarga ko`ra, mutaxassislarning o`zlari bu ishni bajara olishmaydi, shu sababli yordamga o`rgatilgan fillarni ham jalb qilish kerak bo`ladi. Ular karkidonni qo`riqxonaga kiritishga yordam berishlari mumkin.  Eslatib o`tamiz, bunday holat Nepalda 2013 yilda ham sodir bo`lgan.

Nepaldagi qo`riqxonada jami 500 ta karkidon mavjud bo`lib, ular ommaviy ravishda brakoner (o`g`rincha ovchi)lar tomonidan qimmatbaho shoxlari uchun qirib tashlanishi oqibatida ular qo`riqxonaga joylashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar