1

2015 yilda bo`sh ish o`rinlari tashkil etish bo`yicha jami 6,5 mlrd dollarlik sarmoya jalb qilinadi

Jamiyat 01.04.2015, 13:53
2015 yilda bo`sh ish o`rinlari tashkil etish bo`yicha jami 6,5 mlrd dollarlik sarmoya jalb qilinadi

O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi tomonidan mamlakatimizda ish o`rinlarini yaratish va axoli bandligini ta`minlashda amalga oshirilayotgan chora tadbirlarga  bag`ishlangan matbuot anjumani o`tkazildi. Unda vazirlikning mutasaddi xodimlari tegishli mutaxassislar va OAV vakillari ishtrok etishdi. Bu haqda UzReport axborot agentligi xabar bermoqda.

Yurtimizda erishilayotgan barcha yutuqlar istiqlol yillarida yaratilayotgan huquqiy, moliyaviy - iqtisodiy kafolotlar, engilliklar va imtiyozlar evaziga qo`lga kiritilmoqda. Kichik shaharchalar va qishloqlarda banklarning filiallari, mini banklar ochilganligi, ijtimoiy infrastrukturani shakllantirmoqda, tadbirkorlik bilan shug`ullanish uchun keng sharoitlar va imkoniyatlar yaratilmoqda.  O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida bo`lib o`tgan mazkur matbuot anjumanida ham  2014 yilda birgina hududlarni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 200,0 mingdan ortiq muqim ish o`rinlari tashkil etilganligi va  2015 yilda 3 soxani o`z ichiga olagan ko`rsatkich 232,0 mingdan oshishi mo`ljallangan. Shundan sanoat soxasida 115,7 mingdan ziyod, xizmatlar sohasini rivojlantirishda esa 66.8mingdan ziyod hamda qishloq xo`jaligi soxasida 48.8 mingdan ziyod ish o`rinlari tashkil etilishi ko`zda tutilgan. Ushbu maqsadlarni amalga oshirishda jami 6,5 mrd dollarlik sarmoya jalb qilinishi rejalashtirilib qo`yilgan.

Shu bilan bir qatorda, investisiya dasturi doirasida 2014 yilda mahalliy xom ashyoni yuqoritexnologiya asosida qayta ishlashni ta`minlaydigan 154 ta yirik loyihalarda 6 mingdan ziyod ish o`rni tashkil etilganligi aytib o`tildi.  Jumladan, “Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasida” engil avtomobillarni ishlab chiqarishni tashkillashtirish,  Jizzax viloyatidagi ulkan sement ishlab chiqarish zavodini tashkil etish, Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasini to`liq modernizasiya qilish, Qoraqalpog`iston Respublikasida Mang`it korxonasi bazasida yigiruv ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqa loyihalar amalga oshirildi. 2015 yil   investisiya dasturiga muvofiq mavjud ishlab  chiqarish quvvatlarini modernizasiya qilish hamda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish evaziga jami 7,4 mlrd.dollarlik 158 ta yirik investisiya loyihalarini   amalga   oshirish   natijasida   6,0   mingdan   ziyod   yangi   ish o`rinlari tashkil etilishi ta`kidlandi. Shuningdek matbuot anjumanida mavzu yuzasidan prezentasiyalar namoyish etilib ishtrokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxasisslar atroflicha javob berishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1