AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yana besh kishida koronavirusi aniqlandi

'O`zbekistonda yana besh kishida koronavirusi aniqlandi'ning rasmi

Fransiyada bo`lib qaytgan O`zbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi haqida avval xabar bergan edik. So`nggi ma`lumotlarga qaraganda, uning yana 3 nafar qarindoshida ushbu infeksiya borligi tasdiqlangan. Shuningdek, shu yilning 15 mart kuni Istanbul – Toshkent yo`nalishidagi 274-reys bilan kelgan bir nafar va joriy yil 14 mart kuni London – Toshkent yo`nalishidagi 201-reys bilan kelgan yana bir nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Har besh nafar fuqaro ham shu vaqtgacha tibbiy nazoratda bo`lgan. Ayni paytga kelib, ushbu infeksiya aniqlangan bemorlar soni 23 nafarga etdi. 

Eslatib o`tamiz, infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda, deyilgan Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabarida.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar