AsosiyJamiyat

Prezidentga investitsiya sohasidagi rejalar bo‘yicha axborot berildi

2017 yildan buyon mamlakatimiz iqtisodiyotiga barcha manbalar hisobidan 188 milliard dollar investitsiya kiritilgan.

'Prezidentga investitsiya sohasidagi rejalar bo‘yicha axborot berildi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 dekabr kuni investitsiya bo‘yicha 2024 yildagi natijalar sarhisobi va kelgusi yilgi vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

2017 yildan buyon mamlakatimiz iqtisodiyotiga barcha manbalar hisobidan 188 milliard dollar investitsiya kiritilgan. Shundan 87 milliard dollari chetdan jalb qilingan. Natijada investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 30 foizdan oshib, barqaror iqtisodiy o‘sishga zamin bo‘layapti.

Bu yil iqtisodiyotga kiritilgan investitsiyalar hajmi 1,3 baravar ko‘payib, 36 milliard dollardan oshdi. Bularning hisobiga yil boshidan buyon qo‘shimcha 70 trillion so‘mlik qiymat beradigan 560 ta yirik va o‘rta loyihalar ishga tushirildi. Kelasi yildan eksportni yana 1 milliard dollarga oshirish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Soha va hududlarda ochilayotgan imkoniyatlar bilan bu natijalarni yanada oshirsa bo‘ladi.

Yig‘ilishda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri 2025 yilgi rejalar to‘g‘risida axborot berdi. 

Kelgusi yil 43 milliard dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirish ko‘zda tutilmoqda. Bu orqali 300 dan ortiq yirik loyiha bajarilishi, import o‘rnini bosuvchi 662 ta yangi mahsulot ishlab chiqarilishi kutilmoqda. 

Davlatimiz rahbari buning uchun xorijiy investorlar bilan manzilli ishlab, yanada qulayliklar yaratish, erishilgan barcha kelishuvlarni yuqori darajada amalga oshirish zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, bugungi kunda 1 ming 890 ta loyiha bo‘yicha ish ketmoqda. Ularning ijrosini jadallashtirish uchun mas’ullar belgilandi.

Yig‘ilishda tashqi savdo masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Jahonda kuzatilayotgan murakkab vaziyatda bu o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Eksport-logistika zanjirlari qiyinlashayapti, asosiy eksport bozorlarimizda tayyor mahsulot olish kamayyapti.

Bunday sharoitda ichki imkoniyatlarni to‘liq safarbar qilib, iqtisodiy taraqqiyot sur’atlarini oshirish zarurligi ta’kidlandi.

2030 yilgacha mamlakatimizning yillik eksport hajmini 2 barobar oshirib, 45 milliard dollarga olib chiqish maqsadi belgilangan. Bu rejadagi investitsiyaviy loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirib, yuqori qiymatli mahsulot va xizmatlarni ko‘paytirishni, eksport geografiyasini kengaytirishni talab etadi.

Mutasaddilarga rejalar ijrosini doimiy tahlil qilib, ishni joylarda sifatli tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shavkat Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

    Jamiyat 19.12.2024 22:56

    Shavkat Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

    Ular ikki mamlakat maxsus xizmatlari o‘rtasidagi yaqin va samarali hamkorlikni davom ettirish muhimligini qayd etishgan.

    'Saida Mirziyoyeva Prezident Administratsiyasida yoshlar bilan uchrashdi'ning rasmi

    Jamiyat 19.12.2024 20:24

    Saida Mirziyoyeva Prezident Administratsiyasida yoshlar bilan uchrashdi

    Ularning ko‘pchiligi asosan kimyo, matematika, fizika va informatika fanlari bo‘yicha ustunlik qilib, e’tirofga sazovor bo‘lishdi.

    'Poyezdda yo‘lovchilarga choy, ichimlik suvi, shakar bepul beriladi'ning rasmi

    Jamiyat 19.12.2024 17:53

    Poyezdda yo‘lovchilarga choy, ichimlik suvi, shakar bepul beriladi

    Temir yo‘l transportida iste’molchilarga bepul ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati e’lon qilindi.

    'Dollarning rasmiy kursi ketma-ket tushishdan so‘ng yana ko‘tarildi'ning rasmi

    Jamiyat 19.12.2024 15:59

    Dollarning rasmiy kursi ketma-ket tushishdan so‘ng yana ko‘tarildi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    'Qashqadaryoda erkak va uning 3 nafar farzandi is gazidan vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 19.12.2024 13:33

    Qashqadaryoda erkak va uning 3 nafar farzandi is gazidan vafot etdi

    Ota 46 yoshda, o‘g‘li 18, ikki qizi 16 va 10 yoshda bo‘lgan.

    'O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida yuqori texnologiyalar sohasidagi hamkorligi kengaymoqda'ning rasmi

    Jamiyat 19.12.2024 10:53

    O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida yuqori texnologiyalar sohasidagi hamkorligi kengaymoqda

    O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida yuqori texnologiyalar sohasida strategik hamkorlikni rivojlantirish doirasida “MISIS”ning Olmaliq filialida “O‘zbekistonda kvant haftaligi” nomli noyob tadbir bo‘lib o‘tdi.