Prezidentimizning 2019 yil 20 avgustdagi “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a`zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to`g`risida”gi farmoniga asosan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga 2020 yilda ko`p kvartirali uylardan 3 ming 462 xonadon ajratilishi belgilangan.
Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga ko`p kvartirali uylardan xonadonlar ajratish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori ko`ra, turar joyga ehtiyojmand mehnat migrantlari uy olish uchun “Labormigration.uz” dasturiy majmuasida ro`yxatdan o`tmoqda. Bu haqda O`zA xabar berdi.
“Labormigration.uz” dasturiy majmuasidan ro`yxatdan o`tgan fuqarolarga Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan tavsiya beriladi. Mehnat migrantlari mazkur tavsiya asosida viloyat, tuman, shahar komissiyalariga ariza topshiradi.
Joriy yilning 18 mart holatiga ko`ra, dasturiy majmuada ro`yxatdan o`tgan fuqarolar hududlar kesimida:
1. Qoraqalpog`iston Respublikasi – 11 ta
2. Andijon viloyati – 19 ta
3. Buxoro viloyati – 58 ta
4. Jizzax viloyati – 6 ta
5. Qashqadaryo viloyati – 14 ta
6. Navoiy viloyati – 10 ta
7. Namangan viloyati – 2 ta
8. Samarqand viloyati – 11 ta
9. Surxondaryo viloyati – 16 ta
10. Sirdaryo viloyati – 7 ta
11. Toshkent viloyati – 1 ta
12. Farg`ona viloyati – 7 ta
13. Xorazm viloyati – 84 ta
14. Toshkent shahri – 8 ta
Jami: 254: