AsosiyJamiyat

Toshkentda aprel oyida ta`mirlash ishlari olib boriladigan ko`chalar nomi e`lon qilindi

Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi joriy yilning aprel  oyi yakunigacha er qazish va ta`mirlash ishlari rejalashtirilgan ko`chalarni ma`lum qildi. Bu haqda uz24.uz nashri xabar qiladi.

1. Mirobod tumani, T. Shevchenko ko`chasida “O`zinterqurilish” tashkiloti tomonidan  O`zbekiston Respublikasi  Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi  binosi uchun o`rta bosimli gaz tarmog`i va ichimlik suvini yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ishning muddati 11 aprelgacha.

2. Yakkasaroy tumani, Bratislava ko`chasida transport xarakatini Tafakkur ko`chasidan Yusuf Xos Hojib ko`chasigacha yopgan holda “Pozitiv story master” MChJ tashkilotiga tegishli issiq suv tarmoqlarini qayta yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ishning muddati 28 aprelgacha.

Toshkent shahar hokimligining axborot xizmati Toshkent shahar ko`chalari chorrahalariga tashqi kuzatuv kameralari o`rnatish maqsadida olib borilayotgan, shuningdek, turli sabablar tufayli avariya sodir bo`lganda amalga oshiriladigan tezkor sozlash, qazish va ta`mirlash ishlari bundan mustasno ekanligini ma`lum qiladi va harakatlanish vaqtidagi noqulayliklar uchun oldindan uzr so`raydi.

 

    Boshqa yangiliklar